JCh-2018 saralashi. O`zbekiston safara Qatarni mag`lubiyatga uchratdi

05:53, 07 sentabr

JCh-2018 turniriga Osiyo qit`asidan saralashning so`nnggi bosqichi ikkinchi turida O`zbekiston terma jamoasi safarda Qatar mehmoni bo`ldi. 

Murosasiz va qizg`in kurashlarga boy kechgan o`yinda terma jamoamiz Egor Krimes tomonidan 85 daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga zafar quchdi. 

Mazkur g`alabadan so`ng ochkolar sonini 6 taga etkazib olgan O`zbekiston terma jamoasi "A" guruhida birinchi o`ringa chiqib oldi. Asosiy raqiblarimiz Eron va Janubiy Koreya 2-turda 1 ochko to`plab, mos ravishda 2-3 o`rinlarda joylashdi. 

Qatar – O`zbekiston 0:1

Gol: Egor Krimes 85

Ogohlantirishlar: Anzur ismoilov 87, Aleksandr Geynrix 90.

Qatar: Umar Barriy, Muhammad Musa, Bualem, Ahmad Yosir, Abdulkarim Hasan, Ahmad Muhammad al Sayid, Karim Budiaf, Hasan al Haydos (Ismoil Muhammad 74), Rodrigo Tabata (Ali Asadulla 65), Akram Afif, Sebastian Soria.

O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Islom To`xtaxo`jaev, Egor Krimes, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Eldor Shomurodov, Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix 60), Igor Sergeev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!