Kun fotosi: O`zbekistonlik muxlislar Qatarda Islom Karimovni xotirlashdi

10:28, 07 sentabr

Kecha, 6 sentyabr kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 turniriga saralashning final bosqichi 2-turida safarda Qatar bilan o`zaro bahs olib bordi.

“Jassim Bin Hamad” stadionida bo`lib o`tgan o`yinni kuzatish uchun bir qator o`zbekistonlik muxlislar Dohaga tashrif buyurdi. Ular 2 sentyabr kuni vafot etgan O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovni maxsus baner orqali xotirladi.

Muxlislar banerga “Abadiy qalbimizdasiz” deya yozuv yozishdi. Qayd etish kerakki, ushbu o`yinning 85-daqiqasida Egor Krimes tomonidan kiritilgan golni futbolchilarimiz Islom Karimov xotirasiga bag`ishladi

O`zbekiston – Qatar o`yinida Prezident Islom Karimov xotirasiga bag`ishlangan gol videosi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!