Xitoyda sayyoramizdagi eng keksa ayol vafot etdi

15:11, 07 sentabr

Sayoramizning eng keksa ayoli, xitoylik Fu Susin 119 yoshida vafot etdi. Bu haqda “NTV” xabar bermoqda

Ayol Chendu shahridagi o`z uyida 3 sentyabr kuni olamdan o`tdi. Uning yaqinlarining ma`lumot berishicha, so`nggi paytlarda Fu Sinning salomatligi yomonlashgan. 

Ayol o`zining so`nggi tug`ilgan kunini 21 avgust kuni nishonlagan edi. Fu Sinning salkam 70 nevara va chevaralari bor.

U 2013 yilda sayyoraning eng keksa kishisi sifatida tan olingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!