Nargiz Zokirova 20 yillik orzusiga erishdi

15:38, 07 sentabr

U Maks Fadeev bilan ilk bor birgalikda qo`shiq yaratdi. Nargiz Zokirova bu onlarni 20 yildan ortiq kutganini tan oldi.

Nargiz va Maks Fadeev o`zlarining hamkorlikdagi ilk «Vdvoyom» (Ikkalamiz) taronasini taqdim etishdi. Yangi xitni birinchilardan bo`lib “Russkoe radio” tinglovchilari eshitishdi.  

Nargiz o`zining intervyusida 26 yoshidan buyon Fadeev bilan hamkorlik qilishni orzu qilganini aytdi, hatto “Golos” loyihasiga ham u Fadeevning e`tiborini qozonish uchun kelgan va bu orzusiga erishgan.  Taronaga hozircha klip suratga olinmadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!