Joze Mourino va Eden Azar APLda avgust oyining eng yaxshilari deb tan olindi

15:54, 07 sentabr

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Premer-ligasining avgust oyidagi  eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. Bu haqda SFR Sport portali xabar bermoqda

Ovoz berish jarayonida qatnashgan respondentlarning 40 foizi portugaliyalik mutaxassisga ovoz berdi. "Chelsi"  ustozi Antonio Konte 33 foiz,  "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardola 14 foiz ovoz to`plagan. Mourino qo`li ostida mankunianlar avgust oyida 3 ta ketma-ket g`alabaga erishgan.

"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar esa avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo`ldi. 25 yoshli futbolchining nomzodini 41 foiz respondentlar qo`llab-quvvatlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!