Nike kompaniyasi “Real” bilan hamkorlik qilish uchun 120 mln evrolik kelishuv taklif qildi

17:07, 07 sentabr

AQShning sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi mashhur “Nike” kompaniyasi Madridning “Real” klubiga tijoriy hamkorlik qilish uchun 120 million evrolik shartnoma taklif qildi, deb xabar bermoqda Tribal Football. 

Ayni damda madridliklarning sport homiysi “adidas” hisoblanadi. Jamoa ushbu kompaniyaning sport kiyimlaridan foydanaladi va bugning uchun 40 million evro oladi.

Qayd etish kerakki, “adidas” kompaniyasi “Manchester Yunayted” klubiga uning sport kiyimlaridan tushgan daromaddan yiliga 98 million evro to`laydi. Avvalroq “MYu”ning sport hamkori “Nike” bo`lgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!