“Tottenxem” Kristian Eriksen bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi

17:36, 07 sentabr

Londonning “Tottenxem” klubi rahbariyati daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda “shporlar”ning rasmiy saytida e`lon qilindi.

Xabarda ma`lum qilinishicha, yangi shartnomaga ko`ra daniyalik futbolchi londonliklar safida 2020 yilga qadar to`p suradi.

Ma`lumot uchun, 24 yoshli Eriksen 2013 yilda Gollandiyaning “Ayaks” jamoasidan “Tottenxem”ga kelib qo`shilgandi. O`shandan bunyo yarim himoyachi 134 o`yinda maydonga tushib, 30 ta golga mualliflik qilgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!