“Real” vunderkindi faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin

08:45, 08 sentabr

Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi qishki transfer mavsumida “Real Madrid” yarim himoyachisi Martin Edegorni o`z safiga qo`shib olishi mumkin.

Ma`lumotlarga ko`ra, nemis klubi 17 yoshli futbolchini ijaraga oladi. Norvegiyalik futbolchining o`zi bunga rozi bo`lishi kutilmoqda.

“Qirolli klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Edegorni asosiy jamoada olib qolishni istamadi va uni fram-klub safiga qaytarib yubordi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!