Shahobiddin Zoirov: Prezidentimiz biz yoshlarga xuddi ota farzandiga ishongandek ishonardi

09:25, 08 sentabr

Yurtdoshlarimiz mustaqilligimiz asoschisi, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, bu buyuk inson ishlab chiqqan uzoq yillarga mo`ljallangan dasturlarni amalga oshirishga o`z hissasini qo`shish, bu g`oyalarga sodiq bo`lish haqida qalb so`zlarini bildirmoqda, deb yozadi O`zA.

Shahobiddin Zoirov, XXXI yozgi Olimpiya o`yinlari g`olibi:

– Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashganda har birini bag`riga bosib, ularning buyuk kelajak barpo etishiga ishonishini ta`kidlardi. Ha, Prezidentimiz biz, yoshlarga xuddi, ota farzandiga, bobo nevarasiga ishongandek ishonardi.

Biz, yoshlar ham Yurtboshimizga suyanardik, yoshlarni qo`llab-quvvatlash borasida har bir aytgan so`zi, har bir ishi bizni ruhlantirar edi. Ana shunday mehr va e`tibor tufayli o`zbek yoshlari dunyo maydoniga chiqdi, ko`ksini kerib, dunyoning manaman degan davlati sportchilari bilan tengma-teng bellashishga qodir ekanini isbotladi.

XXXI yozgi Olimpiada oltin medalini qo`lga kiritdim. Bu medalimni ona Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga bag`ishladim. Bu g`alabam yuksak baholanib, Yurtboshimizning 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandim.

Prezidentimiz Islom Karimovning mehri va g`amxo`rligini hech qachon unutmaymiz va bunga javoban keyingi Olimpiadalar va nufuzli xalqaro musobaqalarda ham Vatanimiz bayrog`i baland ko`tarilib, madhiyamiz baralla yangrashi uchun kuch-g`ayratimizni ayamaymiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!