O`rtaer dengizida yil boshidan buyon 300 mingdan ortiq muhojir cho`kib ketdi

10:46, 08 sentabr

Yil boshidan buyon Evropaga o`tmoqchi bo`lgan 3200 nafar qochoqlar O`rtaer dengizida halok bo`ldi. Bu Xalqaro migrasiya tashkilotining so`nggi ma`lumotlari. Ona vatanlaridan odamlarni urushlar, qurolli to`qnashuvlar va iqtisodiy muammolar ketishga majbur qilmoqda. Aksariyat qochoqlar – Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Aksariyat qochoqlar Gresiya va Italiyaga yo`nalgan. Etib borishga erishganlar kelajak haqida o`ylashni boshlashmoqda.

Evropaga yaxshi hayot izlab borganlar xavfli sayohat uchun yaxshigina pul to`lashadi. Kontrabandachilar tomonidan muhojirlarga beriladigan qayiqlar yo`lovchilarning soni ko`pligidan og`irlikni ko`tara olmaydi. Odamlarni noqonuniy tashish Evropa oldida turgan muhim masalalardan biri sanaladi.

Xalqaro migrasiya tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, sakkiz oyda O`rtaer dengizidan Evropaga 290 ming muhojir va qochoq suzib o`tgan. Ushbu ma`lumotlar Italiya va Gresiyaga o`tadiganlarni hisobga olmagan. Deyarli har kuni soxil bo`yi qo`riqlash xizmati muhojirlar cho`kayotgan qayiqlarni qutqarish bilan shug`ullanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!