O`zbekiston termasi FIFA reytingida yana bir pog`ona ko`tarilib oldi

12:58, 08 sentabr

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) avgust oyi uchun terma jamoalarning yangi reytingi e`lon qildi.

Mazkur reytingni hamon Argentina terma jamoasi (1585 ochko) boshqarib bormoqda. Ikkinchi o`rinda Belgiya (1401), uchinchi o`rinda esa Kolumbiya (1331) terma jamoalari joy oldi.

O`zbekiston milliy terma jamoasi iyul oyiga nisbatan bir pog`ona yuqoriladi va 560 ochko bilan 55-o`rindan joy oldi. Osiyo mintaqasida mamlakat terma jamoasi Eron (674 ochko), Janubiy Koreya (609 ochko) va Yaponiyadan (595 ochko) keyin 4-o`rinda. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi iyul oyida iyundagiga nisbatan 10 pog`onaga yuqorilagan edi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!