Shahram G`iyosov: Prezidentimizning nomini abadiy qalbimizda saqlaymiz

13:16, 08 sentabr

Yurtdoshlarimiz mustaqilligimiz asoschisi, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, bu buyuk inson ishlab chiqqan uzoq yillarga mo`ljallangan dasturlarni amalga oshirishga o`z hissasini qo`shish, bu g`oyalarga sodiq bo`lish haqida qalb so`zlarini bildirmoqda, deb xabar beradi O`zA.

Boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, XXXI yozgi Olimpiya o`yinlari sovrindori Shahram G`iyosov ham O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Isloim Karimov xotirasini yod etib qalb so`zlarini bildirdi.

– Har safar biror xorijiy davlatga musobaqaga borganimizda, u erda uzoq qololmaymiz. Musobaqa tugashi bilan jonajon O`zbekistonimizga shoshamiz. Chunki jannatmonand Vatanimizda mustaqillik yillarida misli ko`rilmagan ishlar qilindiki, natijada o`tgan yigirma besh yil ichida yurtimiz dunyodagi eng tinch-osoyishta davlatga aylandi, xalqimiz baxtli va farovon hayot kechirmoqda, orzu-umidlarining ro`yobini ko`rmoqda. Buning uchun mustaqilligimiz asoschisi Prezidentimiz Islom Karimovdan minnatdormiz. U kishining xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi. 

Prezidentimiz bilan ko`rishishni bolaligimdan orzu qilardim. Televizorda u kishining sportchilarni bag`riga bosib qo`yishini ko`rganimda havasim kelardi. Shu bois sport bilan jiddiy shug`ullandim. Men ham chempion bo`lib, Yurtboshimiz bilan ko`rishaman, deb niyat qilganman. 

XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida yarim finalga chiqqanimda ham medalni naqd qilganim uchun emas, ana shu orzuimning ushalishini o`ylab, xursand bo`lgandim. Olimpiadada medal olsam, Prezidentimizning ko`ksiga taqib qo`yaman, deb o`ylagandim. 

Olimpiadada bizning yuksak g`alabamiz, boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng kuchli jamoa, deb e`tirof etilishi ham Yurtboshimizning sportchilarga qaratgan e`tibor va g`amxo`rligi, yaratgan keng sharoit va imkoniyatlari tufaylidir. 

Yurtboshimiz Braziliyada qo`lga kiritgan yutug`imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan meni «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoniga munosib ko`rdi. Biz, yoshlar Prezidentimizning nomini abadiy qalbimizda saqlaymiz, har doim bu buyuk insonning ishonchiga munosib bo`lishga harakat qilamiz. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!