Xitoylik Shu Sin ismli qiz dunyodagi eng go`zal tansoqchi deb topildi

14:56, 08 sentabr

Xitoy milliy-ozodlik armiyasi askari Shu Sin G20 sammitidan so`ng keng jamoatchilik e`tiborini tortdi, deb yozadi “Tjournal”.

Reportyorlar Italiya bosh vaziri Matteo Rensining avtomobilini qo`riqlayotgan tansoqchi qizni suratga tushirishdi. Shu Sinning suratlari tezda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib, ommalashib ketdi va internet foydalanuvchilari uni dunyodagi eng go`zal tansoqchi deb tan olishdi. 

Izohlarda internet foydalanuvchilari harbiy xizmatchi qizga uylanishning afzalliklari haqida gapirishdi va “bunday rafiqa bilan kechki payt ham bemalol ko`chada yurish mumkinligi”ni ta`kidlab o`tishdi. 

Nashrning yozishicha, 2013 yilda bu qiz Xitoy armiyasidagi eng go`zal askar ekanligi tan olingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!