Rossiyalik yigit voyaga etmagan qizga uylanishga uringani uchun 12 yilga qamalishi mumkin

15:16, 08 sentabr

Rossiyaning Stavropol shahrida yashovchi 25 yoshli fuqaro mahalliy aholi vakillaridan biri bo`lgan voyaga etmagan qizga uylanish niyatida o`g`irlaganlikda ayblanmoqda, deb yozadi “Tjournal”.

Yigit  16 yoshli qizga uylanish maqsadida Sochi shahriga olib ketgan. Oradan bir hafta o`tgach, qizning qarindoshlari polisiya yordamida uni topadi va uyga qaytaradi. Huquq-tartibot organlari xodimlari qizning majburan, uning ixtiyoriga zid ravishda olib ketilgani ya`ni o`g`irlanganini aniqlagan. 

Hozirda qizni o`g`irlagan shaxs unga jismoniy zarar etkazgani holati mavjudligi yoki yo`qligi tekshirilmoqda. “Odam o`g`irlash” moddasi bo`yicha jinoiy ish ochilgan. Bu modda bilan ayblanganlar esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!