Shahzoda Muhammedova muxlislarini ogohlantirdi

16:07, 08 sentabr

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova uning nomidan Telegramda kanal ochilgani va uning nomidan turli nomaqbul narsalar joylanayotganidan muxlislarni ogohlantirdi. Bundan tashqari aktrisa mazkur kanal tashkilotchilarini ham ogohlantirdi.

Bu haqda Shahzoda shunday deb yozadi:

“Telegramda mening shaxsiy kanalim yo`q, ushbu kanal mening roziligimsiz boshqarilmoqda. Bu kanalga a`zo bo`lgan muxlislarimdan uzr so`rayman, sizlarni aldashyapti. Kanal ochgan va uni boshqarayotgan odam menga taaluqli bo`lmagan begona turli yomon va o`rinsiz videolarni va fotolarni joylashtiryapti. Iltimos, bu kanalni yopishlarini talab qilaman. Aks holda boshqa chora ko`rishga majbur bo`laman.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!