Fazliddin G`oyibnazarov: Islom Karimovning nomini, xotirasini qalbimizda mangu saqlaymiz

17:22, 08 sentabr

Yurtdoshlarimiz mustaqilligimiz asoschisi, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, bu buyuk inson ishlab chiqqan uzoq yillarga mo`ljallangan dasturlarni amalga oshirishga o`z hissasini qo`shish, bu g`oyalarga sodiq bo`lish haqida qalb so`zlarini bildirmoqda, deb xabar beradi O`zA.

Fazliddin G`oyibnazarov, XXXI yozgi Olimpiya o`yinlari g`olibi: 

– Prezidentimiz har bir chiqishida, nutqida yoshlarni o`z farzandidek ko`rishini aytib, Vatanni sevish, uning xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini yuksaltirishga da`vati qalbimizda yurtga sadoqat, mardlik, shijoat tuyg`ularini jo`sh urdirar edi. 

Ana shu tuyg`u meni XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarida oltin medalni qo`lga kiritib, bayrog`imizni baland ko`tarishga, madhiyamizni ko`z yosh bilan tinglashga undagan. 

Prezidentimiz kamtarona yutug`imni yuksak baholab, 2016 yil 24 avgustdagi farmoni bilan «O`zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirladi. Afsus, bu mukofotni o`z qo`llaridan olish nasib etmadi. Biz Prezidentimiz Islom Karimovning nomini, xotirasini qalbimizda mangu saqlaymiz, – dedi G`oyibnazarov. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!