Rio–2016. O`tkir Nig`matov Paralimpiya chempioni!

08:14, 09 sentabr

Rio-de-Janeyro shahrida start olgan Paralimpiya o`yinlari ilk kunida dzyudo bo`yicha -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik O`tkir Nig`matov oltin medalni qo`lga kiritdi.

Final bosqichiga qadar barcha raqiblaridan ustun kelgan hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik Bayram Mustafoev bilan kuch sinashdi.

Keskin kurashlar ostida o`tgan bellashuvda O`tkir Nig`matov raqibini ippon bahosi (sof g`alaba) evaziga mag`lub etib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!