Rio–2016. Dzyudochi Sherzod Namozov Paralimpiya o`yinlari oltin medalini qo`lga kiritdi

08:23, 09 sentabr

Rio-de-Janeyro shahrida start olgan Paralimpiya o`yinlari ilk kunida dzyudo bo`yicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Sherzod Namozov Paralimpiya chempioni bo`ldi.

O`zbekistonlik sportchi final bahsida yaponiyalik Xiroshi Makotoga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi (sof g`alaba) evaziga zafar quchdi.

Avvalroq O`tkir Nig`matov ham Paralimpiya chempioni bo`lgani haqida xabar qilingandi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!