“Notanish qotil”ning nаmoyishiga sanoqli kunlar qoldi

11:13, 09 sentabr

15 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyda rejissyor Azamat Axrorovning “Notanish qotil” filmi katta taqdimoti bo`lib o`tadi. 

Bu haqda Azamat Ahrorovning o`zi shunday deydi:

“Notanish qotil» filmi ijodimdagi eng ko`p vaqt va mablag` sarflangan film. Film  qo`rqinchli jang sahnalari va effektlardan iborat. Film giyohvandlikka qarshi kurash, ushbu yo`ldagi sa`y-harakatlar va ukasining qasosini oladigan aka haqida. 

Filmdagi bosh rollarni Azamat Axrorov, Shahzoda Muhammedova, Alixan, Behzod Tojiev, Baxtiyor Musulmonov, Anvar Azimov, Elbek Fayziev, Shahboz Toshbadalov singari aktyor va aktirisalar ijro qilishgan.

Film ijodkorlari:

Postanovkachi rejissyor: Azamat Axrorov

Postanovkachi operator: Baxrom Berdiev

Ssenariy muallifi: Axror Nurmuxammad

Bastakor: Jahongir.uz

Postanovkasi rassom: Umida Irmatova

Shuningdek, mazkur filmga saundtrekni o`zbek rep yulduzi Shoxrux reper kuylagan bo`lib, qo`shiq ham tez kunda muxlislar hukmiga taqdim etiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!