Abdulaziz Kamilov IHT bosh kotibini qabul qildi

14:51, 09 sentabr

2016-yilning 9-sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad bin Amin Madanini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda

TIV rahbari, mehmonni kutib olar ekan, avvalo, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning vafoti munosabati bilan bildirilgan ta`ziya va dalda so`zlari uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Suhbat chog`ida Toshkent shahrida O`zbekiston raisligida bo`lib o`tadigan IHTga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko`rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

TIVK majlisini muvaffaqiyatli o`tkazilishidan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta`kidlandi. Uchrashuvda qayd etilganidek, O`zbekiston tomonidan taklif qilingan “Ta`lim va ma`rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo`l” deb nomlangan raislik shiorining dolzarbligi va ahamiyatliligi sababli 43-sessiya va uning yakunlari IHT tarixida qoladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!