O`zbekiston U-16 terma jamoasini Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi o`tkazildi

15:18, 09 sentabr

Bugun, 9 sentyabr kuni O`zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida O`zbekiston o`smirlar terma jamoasini Hindistonda bo`lib o`tadigan Osiyo chempionatiga kuzatish marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

15 sentyabrda boshlanadigan qit`a birinchiligiga O`zbekiston U-16 terma jamoasi 9 sentyabr tunida yo`l oladi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyati o`smirlar terma jamoasi delegasiyasi bilan uchrashdi.

Tadbirda O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, O`zbekiston Futbol Federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev, O`FF terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov, O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va O`zbekiston U-16 delegasiyasi ishtirok etdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o`yin bilan boshlaydi. Guruh bosqichida, shuningdek, Shimoliy Koreya hamda Yaman to`smirlar terma jamoalari Olimxo`jaev boshchiligidagi jamoaga raqiblik qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!