Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida Prezident qarori imzolandi

15:24, 09 sentabr

Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning qarori imzolandi. Qaror matnini O`zA e`lon qildi.

Muborak Qurbon hayitining ma`naviy hayotimizdagi o`rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag`rikenglik ramzi ekanini e`tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug`lash maqsadida hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e`lon qilish haqida”gi 1991 yil 20 iyundagi Farmoniga muvofiq O`zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12 sentyabr dushanba kuniga to`g`ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016 yil 12 sentyabr mamlakatimizda dam olish kuni deb e`lon qilindi va bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi. 

Qarorga ko`ra, Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg`armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o`tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirilishi topshirildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!