Gollivud aktrisasi Natali Portman yana bir bor ona bo`ladi

15:54, 09 sentabr

Gollivud aktrisasi Natali Portman Venesiyada bo`lib o`tgan festivalda Valentino modalar uyining betakror ko`ylagida ko`rinish berdi, deb xabar bermoqda “Vesti”.

Aynan mana shu tadbirda aktrisaning yana bir ona bo`lish arafasida ekanligi ma`lum bo`ldi. 

35 yoshli aktrisa fransiyalik xoreograf Benjamin Milipega utrmushga chiqqan. Ularning 5 yoshli Alef ismli o`g`illari bor. 

Aktrisa The New York Times’ T Magazine jurnalida o`zining qanday ona ekanligini tasvirlovchi esse yozdi. Uning so`zlariga ko`ra, Natali suratga olish maydonchalaridan tashqarida hamma qatori, oddiy ona. U farzandini bog`chaga olib borish, unga taom tayyorlash, birga o`ynash, uxlashga yotqizish bilan o`zi shug`ullanadi. 

U shuningdek, farzandli bo`lganidan so`ng stressni yaxshiroq engishga o`rganganini ma`lum qilgan. 

Venesiyada Portman taniqli prezident Jon Kennedining rafiqasini aks ettirgan “Jeki” filmi namoyish etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!