Xose Mariya Mendez: Barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz

08:11, 10 sentabr

Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaning Kali shahrida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko`rmoqda. O`zbekistonlik futzalchilar Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida birinchi rasmiy mashg`ulotini o`tkazdi. Mashg`ulotdan so`ng bosh murabbiy Xose Mariya Mendez va jamoa sardori Artur Yunusov birinchi tur o`yinidan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi, deb xabar beradi O`FA matbuot xizmati. 

Artur Yunusov: "Birinchi maqsadimiz - guruhdan keyingi bosqichga chiqish. Ushbu maqsadga erishish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz".

Xose Mariya Mendez: "Bizni autsayderlar qatorida ko`rishmoqda, ammo bu narsa bizga qo`l kelishi mumkin. Guruhimiz kuchli, lekin biz barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz. Muvaffaqiyatli ishtirok, O`zbekistonda futzalni yanada rivojlanishiga turtki beradi. Men shogirdlarimga ishonaman. Panama kuchli jamoa, ammo birinchi o`yin juda muhim axamiyatga ega. G`alaba biz tomonda bo`ladi deb umid qilaman".

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi birinchi turni Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida Panamaga qarshi o`tkazishadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 10 sentyabr kuni 18:00 (Toshkent vaqti bilan 11 sentyabr 04:00)da boshlanadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!