Rio–2016. Tursunposhsha Nurmatova Paralimpiya o`yinlari bronza medali sohibi

09:09, 10 sentabr

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Rio–2016 Paralimpiya o`yinlari davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi kunida o`zbekistonlik sportchilar bir qator muvaffaqiyatga erishishdi.

Ayollar o`rtasidagi dzyudo bo`yicha bahslarning -63 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan  hamyurtimiz Tursunposhsha Nurmatova bronza medali uchun bellashuvda shvesiyalik raqibasi Nikolina Pernxaymga qarshi tatamiga ko`tarildi. Mazkur bahsda Nurmatova ippon bahosi evaziga g`alaba qozonib, bronza medalini qo`lga kiritdi.

Avvalroq erkaklar o`rtasida -73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o`zbekistonlik Feruz Saidov Paralimpiya bronza  medali sohibiga aylangani haqida xabar bergandik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!