Rio–2016. Server Ibragimov o`q otish bahslarida bronza medalini qo`lga kiritdi

09:14, 10 sentabr

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilayotgan XV yozgi Paralimpiya o`yinlarining ikkinchi kunida o`q otish bahslariga start berildi.

O`n metrdan pistoletdan o`q otish bahslarida ishtirok etgan o`zbekistonlik Server Ibragimov Paralimpiya o`yinlari bronza medali sovrindoriga aylandi, deb xabar bermoqda Sports.uz nashri.

Ushbu bahslarda xitoylik Yang Chao oltin medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, kumush medal Janubiy Koreya vakili Li Ju Xiga nasib  etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!