Angliya chempionatida oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi aniqlandi (Foto)

09:32, 10 sentabr

“Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Raxim Sterling Angliya Premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi, "Xall Siti" ustozi Mayn Felan esa eng yaxshi murabbiy deb tan olindi. Bu haqda musobaqa rasmiy saytida ma`lum qilindi

Angliya chempionatining dastlabki uch turida maydonga tushgan angliyalik futbolchi ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.  Mazkur mukofot uchun “Chelsi” xavbeki Eden Azar, “MYu” yarim himoyachisi Antonio Valensiya va “Xall Siti” a`zosi Kyortis Devis ham da`vogarlik qilgandi.

“Xall Siti” jamoasi bosh murabbiyi Mayk Felan Angliya Premer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  Ushbu sovrin uchun bahsda “Xall Siti” ustozi Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”), Joze Mourino (“Manchester Yunayted”) va Antonio Konte (“Chelsi”) kabi nomdor raqiblarini ortda qoldirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!