Bill Geyts dunyo boylari reytingidagi birinchi pog`onani qo`ldan boy berdi

12:58, 10 sentabr

Zara, Pull&Bear, Massimo Dutti brendlarini birlashtiruvchi Inditex xoldingi asoschisi ispaniyalik Amansio Ortega dunyo milliarderlari ro`yxatida Bill Geytsni ortda qoldirdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Ro`yxat e`lon qilingan vaqtda Orteganing boyligi 78 milliard dollarni tashkil qilgan. Microsoft asoschisining boyligi esa Forbes bahosiga ko`ra, 77,9 milliard dollarga teng bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!