“Real Madrid” gollar shousida “Osasuna”ni mag`lubiyatga uchratdi

23:41, 10 sentabr

Ispaniya chempionati 3-turida Madridning "Real" jamoasi o`z maydonida "Osasuna" futbolchilariga qarshi bahs yuritishdi. 

Murosasiz va gollarga boy kechgan o`yinda madridliklar 5:2 hisobidagi yirik g`alabani tantana qilishdi. Jarohatidan tiklanib safga qaytgan Krishtianu Ronaldu o`yinning 6-daqiqasidayoq gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqishga muvaffaq bo`lgandi. 

Ayni damda "Qirollik klubi" 9 ochko bilan Ispaniya chempionatini boshqarib bormoqda. 

“Real Madrid” – “Osasuna” 5:2

Gollar: 1:0 – 6 Ronaldu, 2:0 – 40 Danilo, 3:0 – 45 Ramos, 4:0 – 56 Pepe, 5:0 – 62 Modrich, 5:1 – 64 Riera, 5:2 – 78 Garsiya Subiriya.

“Real Madrid” – Kasilya, Pepe, Nacho, Danilo, Ramos, Modrich (Asensio, 63), Kroos, Kovachich, Beyl (Vaskes, 74), Ronaldu (Benzema, 66), Morata.

“Osasuna” – Peres, Flano, Garsiya Subiriya, Fuentes, Garsiya, Tensa, Sanxurxo, de la Kuevas (Torres, 71), Bonnin, River (Riera, 61), Kodro (Romero, 53).

Ogohlantirishlar: Flano (17), Garsiya (32), Danilo (69), Kasilya (72), Bonnin (75).

Chetlatish: Bonnin (79).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!