“Liverpul” Angliya chempionini dog`da qoldirdi

00:18, 11 sentabr

Angliya chempionati 4-turida Angliyaning amaldagi chempioni “Lester” safarda “Liverpul” futbolchilari mehmoni bo`ldi. Gollarga boy kechgan o`yinda amaldagi chempioni 1:4 hisobidagi yirik mag`lubiyatni qabul qilib oldi.

Mazkur o`yinda Roberto Firmino dubl qayd etdi. “Liverpul”ning yana ikkita goliga Adam Lallana va Sadio Mane mualliflik qildi.

“Lester” safida faqatgina Jeymi Vardi gol kiritdi. Angliyalik hujumchi Lukas Leyvaning o`ta qo`pol xatosidan unumli foydalanib qolgandi.

“Liverpul” – “Lester” –  4:1

Gollar: 1:0 – 13 Firmino, 2:0 – 31 Mane, 2:1 – 38 Vardi, 3:1 – 56 Lallana, 4:1 – 89 Firmino.

“Liverpul – Minole, Milner, Matip, Klayn, Veynaldum (Styuart, 76), Leyva, Mane (Moreno, 90), Lallana, Firmino, Xenderson, Starridj (Koutino, 76).

“Lester – Shmeyxel, Xut, Fuks, Simpson (Ernandes, 34), Morgan, Amarti, Drinkuoter, Olbrayton (Uloa, 65), Marez, Okadzaki (Musa, 46), Vardi.

Ogohlantirishlar: Amarti (28), Xenderson (44), Drinkuoter (57), Xut (82).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!