O`zbekistonlik futxalchi Dilshod Rahmatov FIFA rasmiy sayti e`tiboriga tushdi

06:48, 11 sentabr

Futzal bo`yicha Kolumbiyada start olayotgan Jahon chempionati oldidan FIFA raymiy sayti O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Dilshod Rahmatov haqida maqola e`lon qildi. Futbolchining intervyusini O`FF matbuot xizmati taqdim qildi.

"Dilshod Rahmatovning telefoni tinimsiz jiringlardi. SMS va qo`ng`iroqlarning tinimsizligidan o`zbekistonlik futzal yulduzi chuqurroq nafas olishga, nimalar bo`lganini yaxshiroq anglashga ulgurmay qoldi, xatto. Mamlakatingni birinchi marta Jahon chempionati final bosqichiga olib chiqqan lahzalaring mana shunday kechishi tabiiy.

Bu yuksak natijaga o`z uyingdagi musobaqada, Osiyo vise-chempioniga aylangan holda erishishing quvochingni ikki hissa oshirib yuboradi. Toshkentdagi bu musobaqani hech qachon unutmayman. Biz ajoyib muxlislarimiz qarshisida o`ynadik va maqskadimizga erishdik”, – deydi 26 yoshlik futzalchi FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

2012 va 2014 yillardagi qit`a birinchiliklarida qatnashgan “Ardus” hujumchisi uchun bu uchinchi Osiyo chempionati bo`ldi. Ikki yil oldin ham Rahmatov va jamoadoshlari Osiyo chempionatida sovrindor bo`la olgandi. Biroq o`shanda chempionat mundialga chipta bermasdi. Shuning uchun ham shu yilning fevralida turnir finaliga etib borish o`zbek futzali uchun ikki barobar muhimroq ahamiyatga ega edi. 

Yangi murabbiy, yangi falsafa

“Men odamlar futzalga qiziqib qolishganini his qilyapman. Menimcha biz ularning e`tiborini mana shu sportga qaratishga erisha oldik. Menga juda ko`p ota-onalar qo`ng`iroq qilib, qanday qilib farzandlarini futzal to`garaklariga berishlari mumkinligini so`rashmoqda”, deydi Osiyo chempionati chorak finalida Iroqni 3:0 hisobida mag`lub etib, Jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritgan O`zbekiston terma jamoasining eng muhim o`yinchilaridan biri bo`lgan Rahmatov.

Pulpis taxallusli ispan murabbiyi 2011 yida O`zbekiston terma jamoasini qabul qilib olib, uning o`sishida eng muhim omil bo`ldi. U mamlakat futzalida katta o`zgarishlar qildi. U kelganidan buyon biz futzalni boshqa rakursdan ko`ra boshladik.  Aynan u bizga futzal falsafasini yaxshiroq tushunishni o`rgatdi”, – deydi Kolumbiyadagi mundial yo`lida 5 golga mualliflik qilgan to`purar.

Ikki nufuzli sinov

Rahmatov va uning jamoadoshlari Jahon chempionatidagi sarguzashtlarining boshlanishiga tayyor. Ular “A” guruhidan o`rin olgan bo`lib, Portugaliya, turnir mezbonlari – Kolumbiya va Panama jamoalariga qarshi o`ynaydi. Ushbu o`yinlarga tayyorgarlik ko`rish doirasida O`zbekiston bir qancha o`rtoqlik uchrashuvlari tashkil etdi va xatto Ispaniya va Portugaliyaga safar qilib, bu terma jamoalar bilan o`rtoqlik turnirida kuch sinashdi.

Bu safarlar Rahmatovga futzal elitasi vakillari kuchiga munosib baho berishga yordam berdi. Portugaliyada bir necha inividual jihatdan o`ta mahoratli futzalchilar bor. Rikardino kabi futzalchilar himoyamizdagi zaif nuqtalarni ko`rsatib berishdi. Ispanlar esa jamoaviy o`yin bo`yicha jahon futzalidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Bunday jamoalarga qarshi o`yinlarda birgina kichik xato gol bilan jazolanadi”.

Rahmatov to`qqiz yildan buyon futzal o`ynab keladi. 2010 yildan buyon esa terma jamoa safiga chorlanib kelinadigan futzalchi o`z faoliyatining cho`qqisida turibdi va oldindagi nufuzli musobaqaga o`ziga bo`lgan ishonch va yuqori ishtiyoq bilan kirib bormoqda. Tabiiyki, Kalida o`zbekistonlik muxlislar soni ko`p bo`lmaydi. Biroq muhit Toshkentdagi turnirdagidek jo`shqin bo`lishi aniq. Futzalchining o`zi esa bu turnirdan keyin ham vatandoshlaridan Osiyo chempionatidan keyin bo`lgani kabi tinimsiz qo`ng`iroqlaru, sanoqsiz “SMS” xabarlari olishdan umidvor".

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!