Rio–2016. O`zbekistonlik dzyudochi Odiljon Tulendiboev Paralimpiya chempioni bo`ldi

09:17, 11 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining uchinchi kunida O`zbekiston terma jamoasi g`aznasi yana bir oltin medal bilan boyidi.

Erkaklar o`rtasida dzyudo bo`yicha +100 kg  vazn toifasida ishtirok etgan vakilimiz Odiljon Tulendiboev finalgacha bo`lgan barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratdi. Hal qiluvchi final bahsida o`zbekistonlik sportchi braziliyalik Da Silvani mag`lub etib, Paralimpiya chempioniga aylandi.

Bu O`zbekiston terma jamoasining Paralimpiya o`yinlaridagi to`rtinchi oltin medali bo`ldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!