Rio–2016. Suzuvchi qizlarimiz kumush va bronza medaliga sazovor bo`lishdi

09:21, 11 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining uchinchi kungi bahslarida suzish bo`yicha bellashuvlar bo`lib o`tdi.  

200 metrga kompleks usulda suzish bahslarida O`zbekiston sharafini ikki sportchi himoya qildi. Jumladan, musobaqaning ilk kunida 100 metrga batterflyay usulida suzishda bronza medalini qo`lga kiritgan Fotimaxon Amilova ushbu yo`nalishda kumush medaliga sazovor bo`ldi.

O`zbekistonlik yana bir sportchi Shoxsanamxon Toshpo`latova mazkur yo`nalishda marraga uchinchi etib keldi va Paralimpiya o`yinlarining bronza medalini qo`lga kiritdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!