Rio–2016. Firdavs Musabekov – suzish bo`yicha Paralimpiya chempioni!

10:35, 12 sentabr

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`tkazilayotgan 2016 yilgi Paralimpiya o`yinlarining to`rtinchi kuni bahslari ham yakunlandi.

Sports.uz nashrining xabar berishicha, ushbu kun dasturidan o`rin olgan erkaklar o`rtasidagi 100 metrga brass usulida suzish bahslarining final bosqichi o`z nihoyasiga etdi.

Ushbu bahslarda hamyurtlarimizdan Firdavsbek Musabekov ham ishtirok etdi. Qizg`in bahsda beshinchi yo`lakdan startga chiqqan sportchimiz 1:04.94 natija bilan marrani kesib o`tib, ukrainalik Oleksiy Fedina bilan birgalikda oltin medalni bo`lishib oldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!