Rio–2016. O`zbekiston Paralimpiadada medallar jamg`arish bo`yicha Osiyo va MDHda 2-o`rinda bormoqda

12:18, 12 sentabr

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida davom etayotgan Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining to`rtinchi kuni o`z nihoyasiga etdi. To`rt yillikning nufuzli turniri to`rtinchi kunida suzish bahslarida ishtirok etgan Fotima Amilova va Firdavs Musabekov oltin medallarga sazovor bo`lib, ushbu toifadagi medallar sonini 6 taga etkazishdi.

O`zbekiston delegasiyasi hisobida, shuningdek,  4 ta kumush va 11 ta oltin medal bor. Jami 21 ta medal jamg`argan hamyurtlarimiz medallar reytingida 6-o`rinda borishmoqda.  Ushbu ko`rsatkich Osiyo va MDH mamlakatlari ichida Xitoy va Ukrainadan keyingi ikkinchi o`rinni qayd etgan.

Xitoy terma jamoasi 92 ta (39-30-23) medal bilan hamon peshqadamlikni saqlab turibdi. Ikkinchi o`rinda 56 ta (23-14-19) medal bilan Buyuk Britaniya terma jamoasi bormoqda. Kuchli uchlikka 49 ta (18-13-18) medal bilan Ukraina yakun yasadi. 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!