Krishtianu Ronaldu “Barselona” sobiq futbolchisini kamsitdi

12:57, 12 sentabr

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Osasuna”ga qarshi (5:2) Ispaniya chempionati 3-turidan so`ng yaqindagina u haqda munosabat bildirgan “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xavi haqida o`z fikrini aytdi. Bu haqda Sports.ru internet-nashri ma`lum qilmoqda.

“Meni futbolchilar orasida eng ko`p internetda izlashadi. Xavi men haqimda gapiryapti? U e`tiborga muhtoj . Xavi barchasini yutgan, ammo unda “Oltin” to`p yo`q. Menda esa ular uchta! U hozir Qatarda, lekin u o`ynayaptimi, yo`qmi buni xatto bilmayman”, – dedi portugaliyalik hujumchi.

Eslatib o`tamiz, Ronaldu "Osasuna"ga qarshi o`yinda mavsumdagi ilk o`yinini o`tkazib, 6-daqiqada gol kiritishga muvaffaq bo`lgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!