"Rim imperatori" Italiyada tarixiy natija qayd etdi

15:32, 12 sentabr

Italiyaning "Roma" jamoasining afsonaviy yarim himoyachisi Franchesko Totti "Sampdoriya"ga qarshi (3:2) A Seriya 3-turida g`alaba to`pini kiritib, yangi rekord sohibiga aylandi.

39 yoshli futbolchi Italiya chempionatida qatorasiga 23 ta mavsumda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Tajribali hujumchi faoliyati davomida faqatgina 1993/94 yilgi mavsumda gol ura olmagan.

Umumiy hisobda esa "Rim imperatori" 25 mavsum davomida Italiya chempionatida qatnashib kelmoqda. Italiya chempionatidagi faoliyati davomida Franchesko Totti raqiblar davrozasini 249 marta io`g`ol qilgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!