Rio–2016. Ahror Bozorov O`zbekiston termasiga Paralimpiya o`yinlarining 13-bronza medalini taqdim qildi

08:35, 13 sentabr

Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining beshinchi kunidan o`rin olgan pauerlifting musobaqasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston sharafini Ahror Bozorov himoya qildi.

80 kilogrammgacha bo`lgan sportchilar orasida Ahror Bozorov 207 kilogrammli toshni o`ziga bo`ysundirib, Paralimpiya o`yinlarining bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Ahror Bozorov O`zbekiston paralimpiya terma jamoasiga hisob bo`yicha 13-bronzani taqdim qildi. Shuningdek, hamyurtlarimiz hisobida 6 ta oltin va 4 ta kumush medali ham bor. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!