“Nyukasl” stadionida afsonaviy Alan Shirerga haykal o`rnatildi

09:53, 13 sentabr

Angliyaning “Nyukasl” jamoasi sobiq futbolchisi, afsonaviy Alan Shirerga atalgan haykal “Nyukasl” klubiga tegishli stadion – “Sent-Jeyms Park” oldida o`rnatildi. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.

Shirer 1996-2006 yillar davomida “qarg`alar” safida to`p surib, 200 dan ortiq gollar kiritgan. “Men uchun bu katta sharaf. Mening haykalim Nyukaslda o`rnatilgani ajoyibdir. Faoliyatim davomida meni qo`llab-quvvatlaganlarga rahmat aytmoqchiman”, – dedi Alan Shirer.

Hozirgi kunda sobiq futbolchi Buyuk Britaniyaning BBC telekanlida futbol mutaxassisi sifatida faoliyat olib bormoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!