Nyu-York moda haftaligini yuzi kuygan model ochib berdi(Foto)

10:25, 13 sentabr

Nyu-York moda haftaligi ochilish marosimidagi kiyimlar namoyishini hindistonlik yuzi kislotadan kuyib qolgan model qiz boshlab berdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

19 yoshli Reshma Kereshi hamyurti Archana Kochxar yaratgan libosni kiyib, podiumga chiqdi. Tadbir tashkilotchilari mazkur holat  yordamida turli mamlakatlarda arzon kislotalar sotish ustidan nazoratni kuchaytirish lozimligiga e`tiborni jalb qilmoqchi bo`lishdi. 

“Hatto o`zimning eng buyuk orzularimda ham podiumga chiqishni orzu qila olmasdim. Bu xayolimga ham kelmagan. Menga o`xshab kuyib qolgan qizlar juda ko`p. Ularga o`zingizga ishoning, degim keladi”,—deydi Kereshi. 

Kereshining yuzi bundan 2 yil avval kuyib qolgan edi. O`shanda qizning opasi erining zo`ravonliklariga chidolmay, uydan ketib qolgandi. Bundan qattiq g`azablangan erkak Kereshining opasini ko`chada kutib turardi. U opasini himoya qilmoqchi bo`lganida esa pochchasi yuziga kislota sepib yuboradi. 

Hozirgi paytda Kereshi Make Love Not Scars huquqni himoya qiluvchi tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!