Koka koladan xo`jalikda foydalanish uchun 12 sinalgan maslahat

12:28, 13 sentabr

Agar sirli tova tagiga olgan bo`lsa, unga Kola quyib qaynating: Idish yangidek bo`ladi!

Kolani yuza idishlarga, masalan likopchalarga quyib, bog`ingizga qo`ying. Bu usul shilliq qurtlardan qutulishda qo`l keladi. Hashorotni Kolaning shirin hidi jalb qiladi, bu likopga tushgach esa qaytib chiqish imkonsiz.

Sochingizni bo`yaganingizda rangi siz istaganingizdan to`qroq chiqqan bo`lsa, sochlarni Kola bilan chayish ularga biroz ochroq tus beradi.

Koka-kola sochlar uchun kondisioner vazifasini ham o`tashi mumkin: sochlaringizni avval Kolada keyin suvda chaying va quriting.

Eskirgan tangalarni Kolaga botirib olsangiz, yaltillab chiqadi.

Qimmatbaho tilla yoki kumush buyumlaringizni tozalash uchun ularni bir necha daqiqaga Kolaga solib qo`ying va tish chotkasida engil ishqalab yuboring: ular yaltirab toza bo`ladi. Ammo bunday muolajani toshli buyumlarda qo`llamagan ma`qul.

Agarda zanglab qolgan eski boltni buray olmayotgan bo`lsangiz, kichik matoni Kolaga botirib bolt atrofiga 1-2 soatga o`rab qo`ying. Bundan so`ng uni burash birmuncha oson kechadi.

Koka-kolani chovgunga quyib kechasiga qoldiring. Ertalabgacha chovgun ichida yig`ilgan qasmoq(nakip) top-toza bo`ladi.

Koka-kolani unitazga quysangiz uni oppoq qilib tozalaydi.

Koka-kolani sevimli sousingiz bilan 1:1 nisbatda aralashtirib, turli go`shtli taomlar yoki tovuq ustiga surtib pishirsangiz juda mazali chiqadi.

Ichingiz ketib qorin og`risa Kola yordamga keladi, u ichni qotiradi. Ammo bunday holatda yangi ochilgan emas biroz gazi chiqqan Kolani ichish tavsiya etiladi.

Biron fotosuratni eskidek qilmoqchi bo`lsangiz, uni Kolaga solib, so`ng tezda arting. Agar uzoqroq qolib ketsa surat buziladi.

Manba: Maslahatim.uz

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!