Xillari Klinton ahvoli yomonlashgani sababli hushidan ketdi (Video)

12:33, 13 sentabr

AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton yakshanba kuni bo`lib o`tgan tadbirda ahvoli yomonlashdi. Internet tarmoqlarda Klinton qo`riqchilari va maslahatchilari yordamida mashinaga o`tkazilayotgan vaqtda yiqilgani aks etgan videolar tarqaldi. Shundan so`ng nomzodning shtabi 68 yoshli Klintonga juma kuni pnevmoniya tashxisi qo`yilganligi va unga antibiotik buyurilganligini ma`lum qildi. Avvalroq Klinton yo`tal hurujidan qiynalayotgan bo`lib, mazkur yo`tallarni allergiya deb izohlayotgandi. Ushbu xabarlar Klintonning yomon ahvoli haqida mish-mishlar tarqalishiga sabab bo`ldi, deya xabar beradi Euronews.

“O`zimni ancha yaxshi his qilyapman”, — dedi studiya bilan aloqaga chiqqan Klinton.

Klinton pnevmoniya tashhisi qo`yilganligini ma`lum qilmaganligining sababi ahvoli yakanba kungacha yaxshi bo`lgani bilan izohladi. U shuningdek shifokor tavsiyalariga amal qilmaganligini ham tan oldi. “Shifokorning tavsiyasini rad etganimga sabab men saylovoldi kampaniyasidan oldin ta`tilga chiqish niyati yo`q bo`lganida”, — deydi Klinton.

Yakshanba kuni hushidan ketganligining sababini esa Klinton issiq o`tib ketgani bilan izohladi. “Men juda qizib ketdim va tadbirdan ketishim kerak degan qarorga keldim”, — deydi u. Klintonning so`zlariga ko`ra, kondisionerli mikroavtobusga chiqqach suv ichib, u o`zini ancha yaxshi his qilgan.

Klinton seshanba kuni Kaliforniyaga safarini bekor qildi. Shifokorlar uning qachon saylovoldi faoliyatiga qaytishi mumkinligi haqida shifokorlar hech narsa deyishmayapti. 

Eslatib o`tamiz, AQSh prezidenti saylovi 8 noyabr kuni bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!