Shotlandiyalik darvozabon bitta o`yinda 3 ta penaltini qaytardi (Video)

14:40, 13 sentabr

Shotlandiya chempionatining “Dandi Yunayted” va “Danfermlayn” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda ajoyib voqea yuz berdi.

“Dandi Yunayted” darvozaboni Kemmi Bell 23 daqiqa ichida raqib tomonidan tepilgan uchta penaltni qaytarishga muvaffaq bo`ldi. Aynan uning jonbozligi evaziga “Dandi Yunayted” 3:1 hisobida zafar quchdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!