Parlament xalq nomidan, uning manfaatlarini ko`zlagan holda ish ko`rish vakolatiga ega

14:42, 13 sentabr

Joriy yilning 8 sentyabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuklash to`g`risidagi o`ta muhim qarorni qabul qildi.

Mazkur qabul qilingan qarorning huquqiy jihatlariga TDYuU kafedra mudiri, yuridik fanlari nomzodi I.Rustambekov oydinlik kiritdi:

— Muhtaram Yurtboshimizning vafoti har birimiz uchun kutilmagan og`ir musibat bo`ldi. Biroq, parlamentdagi 8 sentyardagi qarori mavjud vaziyatni hisobga olgan holda chiqarilgan, qonuniy asosga ega qaror deb hisoblayman. 

Bosh Qomusimizning 7-moddasida  xalq hokimiyatning birdan-bir manbai ekani, O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshirilishi aytib o`tilgan. 

Konstitusiyamizning 10-moddasida esa, O`zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkinligi qayd etilgan. 76-moddada esa, O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Bu kabi moddalardan ko`rinib turibdiki, parlament xalq nomidan, uning manfaatlarini ko`zlagan holda ish ko`rish vakolatiga ega. Shunday ekan, parlamentning 8 sentyabrdagi mazkur qarori ham tom ma`noda qonuniy asosga ega. 

Xorijiy tajribaga ko`ra, Prezidentlik lavozimi bo`shab qolgan taqdirda uni quyidagi shaxslar vaqtincha egallashi mumkin:

1) vise-prezident (AQSh, Braziliya, Hindiston, Kolumbiya, Kosta-Rika, Nigeriya),
2) bosh vazir (Rossii, Ukraina, Tunis),
3) parlament yoki uning palatalaridan birining raisi  (Germaniya, Fransiya, Vengriya, Polsha, Gruziya, Mongoliya, Pokiston, Isroil).

Yuqordagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, yuqorida tilga olingan qaror milliy va xalqaro qonunchilik me`yorlariga har taraflama mos keladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!