Sanjar Tursunov o`z golini Islom Karimov xotirasiga bag`ishladi (Video)

15:48, 13 sentabr 2016

Ukraina Premer-ligasi 7-turida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sanjar Tursunov to`p surayotgan “Vorskla” jamoasi “Volin" klubiga qarshi bahs yuritib, 2:1 hisobida g`alabaga erishdi.

Poltavaliklarga g`alaba taqdim etgan golga esa hamyurtimiz Sanjar Tursunov o`yinning 74-daqiqasida mualliflik qildi.

O`zbekistonlik sportchi jarima zarbasini aniq amalga oshirib, ushbu golini O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!