Britaniyalik erkak o`z rafiqasini sotuvga qo`ydi

15:52, 13 sentabr

Ebay.com saytida paydo bo`lgan e`lon aksariyat internet foydalanuvchilarining e`tiborini tortdi, deb yozadi “Vesti”.

Britaniyalik erkak mazkur sayt orqali xotinini sotish haqidagi e`lonni joylashtirdi. U xotiniga 65000 funt taklif qilishganini ko`rib, hayratini yashirolmadi. Bu esa Jaguar avtomobilining o`rtacha narxidan ham qimmatroq. 

Saymon O'Keyn o`z e`lonida xotinining fazilatlari va kamchiliklarini avtomobilni tariflagandek sanab o`tadi. 

Masalan, u xotinining fazilatlarini sanab o`tar ekan “Qoniqarli tashqi ko`rinishga ega, kuzovdagi bo`yoq yaxshi saqlab qolingan”, deb yozadi. Erkak rafiqasining fazilatlari orasidan uning yaxshigina pazanda ekanligini ham alohida ta`kidlab o`tadi. 

Xotinining kamchiliklarini sanaganda esa “Unga bironta qo`shimcha aksessuar sotib olib bermaguningcha u o`ziga xos ovoz chiqarib turishi”ni ham aytib o`tgan. “Ba`zida u tayyorlagan taomni iste`mol qilgach, shifoxonaga tushish hech gap emas”ligini xazil aralash yozib qoldirgan. 

“Umuman olganda, bu ayrim baxtli insonlarga asqotadigan va uncha yomon bo`lmagan model” ekanligini aytadi. Shuningdek, “sotilgan mahsulot qaytarib olinmasligini” alohida eslatib o`tdi. 

Xotinini sotish uchun sabab qilib esa, Keyn sog`ligidan shikoyat qilganida undan etarlicha mehr ko`rmaganini aytgan.

Keyn xonim dastlab bu e`londan jahli chiqqani, keyin esa kulgudan o`zini to`xtatolmaganini aytib o`tgan. Uning aytishicha, turmush o`rtog`i juda xazilkash inson bo`lgani sabab, bunday xazillarga ko`nikib ketgan.  “U bu xazili uchun javob beradi—menga yangi sumka sotib olib beradi”,—deydi Keyn xonim. 

Mazkur e`lon hozirda onlayn savdo-sotiq saytidan olib tashlangan, biroq juranalistlar undan skrinshot qilishga ulgurishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!