“Barselona” darvozaboni mashg`ulotlarga qaytdi

16:47, 13 sentabr

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klub mashg`ulotlariga qaytdi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy saytida xabar qilinmoqda. 

Germaniyalik posboni jarohati tufayli “Alaves”ga qarshi (1:2) Ispaniya chempionati 3-turini o`tkazib yuborgandi. Uning o`rniga yozda xarid qilingan Yapser Silessen maydonga tushgandi.

Ter Shtegen “Seltik” klubiga qarshi EChL guruh bosqichi ilk o`yinining qaydnomasiga kiritilgan va o`yinda ishtirok etishi mumkin. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!