JCh–2016. Futzal: O`zbekiston terma jamoasi Kolumbiya bilan jangovar durang qayd etdi

08:59, 14 sentabr

Kolumbiyada davom etayotgan futzal bo`yicha Jahon chempionatining 2-tur o`yinlari start oldi.  “A” guruhidan o`rin olgan O`zbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni  Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi.

Teng kurashlar ostida o`tgan o`yinning so`nggi soniyalarida o`zbekistonlik futzalchilar o`z darvozasidan gol o`tkazib, g`alabani qo`ldan boy berishdi. O`yin esa 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

JCh–2016. Futzal

“A” guruhi, 2-tur

Kolumbiya - O`zbekiston 3:3

Gollar: X.Abril (18), A.Karo (37, 40) - J.Anorov (5), D.Irsaliev (15), N.Eliboev (28).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!