QAHVA HAQIDA 11 TA FAKT

10:03, 14 sentabr

1.  Ertalab och qoringa qahva ichish tavsiya etilmaydi. Shusiz ham organizmingiz kortizol gormonini ishlab chiqarib, tetiklasha oladi. Qahva uchun eng ma`quli soat 9-10 hisoblanadi.

2.   Bu ichimlik peshob ajralishini faollashtiradi, deyishadi. Aslida esa kun davomida 2 finjondan ortiq bo`lmasa, bezovtalanmasangiz ham bo`ladi.

3.  Qahva tarkibida antioksidantlar ko`p. Me`yorida qabul qilinsa, organizmdagi erkin radikallar bilan oson kurashadi

4.  Bir finjon qahva ichib, organizm uchun zarur bo`lgan kunlik V2 vitaminining 11%, V5 vitaminining 6%, kaliyning 3% hamda magniyning 2%ga ega bo`lasiz.

5.  Qahvaxo`r xonimlarda ortiqcha vazn bo`lmaydi. Chunki bu ichimlik organizmda moddalar almashinuvini 3 dan 11 foizgacha tezlashtiradi.

6.  Kofein aslida juda kichik 0,0016 dyumlik kristall bo`lib, aynan uning ta`sirida ta`m va hid hususiyati paydo bo`ladi.

7.  Qahva qizil, sariq va yashil rangli meva doni hisoblanadi. Ishlov berilgach rangi o`zgarib, biz bilgan tusga kiradi.

8.  Kofein ta`siri darrov bilinmaydi. Birinchi xo`plamdan so`ng 10 daqiqa o`tgachgina qaxva ichgayotganingizni his etasiz.

9.  Buni qarangki, ilk veb-kamera 1991 yili Kembridj universiteti olimlari tomonidan qahva etishtirishni kuzatish uchun qurilgan ekan.

10.  Jismoniy mashqlarni boshlashdan avval bir finjon qahva ichib olsangiz, organizmda adrenalin miqdori ortib, yog` to`qimalaridagi yog` kislotalari tozalanadi.

11.  Tetiklashish uchun qora qahva, shunchaki mazali ichimlik o`rnida esa sutli qahva ma`qul.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 19:54, 14 sentabr
Bironta hikoya yumi?