EChL. “Atletiko” g`alaba qozondi, “Arsenal” va “PSJ”da durang

10:25, 14 sentabr

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turidan o`rin olgan bir qator uchrashuvlar o`z nihoyasiga etdi. Avvalroq "Barselona" va "Bavariya" yirik g`alabalarga erishgani haqida xabar bergandik

Jumladan, “A” guruhi markaziy o`yinida “Arsenal” jamoasi safarda “PSJ” mehmoni bo`lib, 1:1 hisobida durang o`ynadi. 2-daqiqada Edinson Kavani gol kiritgan bo`lsa, 78-daqiqada Aleksis Sanches muvozanatni tikladi va o`yin shu tariqa yakunlandi.

“D” guruhida esa Madridning “Atletiko” jamoasi safarda “PSV” futbolchilari bilan kuch sinashdi. Ushbu o`yinning 43-daqiqasida Saul tomonidan kiritilgan yagona gol Diego Simeone jamoasiga g`alaba olib keldi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!